Sajdadagi duo

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelgan hadislarda “sajdada ko‘p duo qilinglar, chunki sajda Allohga eng yaqin bo‘lgan payt, unda duolar ijobat bo‘ladi” deyilgan. Savolim shuki biz odatda o‘rganganimiz sajdada «subhana robbiyal a’la» deb aytamiz. Meni tushunmagan joyim shuki duo deganda bosh sajdadalik paytida shu zikrdan keyin aytiladimi yoki o‘tirib tashahhuddan keyin ham duo qilsa sajda duosiga o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Nafl namozlarida yoki alohida namozdan tashqari sajda qilib sajdada duo qilinadi. Vallohu a’lam! https://savollar.islom.uz/savol/95
https://savollar.islom.uz/savol/99990

27 Aprel 2022, 06:11 | Savol-javoblar | 171 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar