Sherikning xiyonati
Assalomu alaykum! Bir do‘stim bilan sherik bo‘lib tijorat qilishga kelishib oldik. Do‘stim pul tikadigan bo‘ldi ishni men qiladigan bo‘ldim. Ketgan xarajatni oldin chiqarib olib, keyin joyni xam foydani ham bo‘lib olishga kelishdik. Ta’mirlash ishlari 2 yil davom etdi, dizayn, biznes reja mendan chiqqan edi. Birga bir yilga yaqin ishladik, bu orada sherigimni fikri o‘zgardi, xamma pulni men tikkanim sababli joy meniki bo‘ladi foyda esa o‘rtada dedi va men rozi bo‘ldim. Keyin ish davomida men aytgan xar qanday gapni aksini qilishni boshladi. Xullas siqib chiqardi. Men hech narsa demasdan chiqib ketdim. 3 yil tekinga ishladim. Xozirda ushbu ochgan restoranimiz Toshkentning markazidagi katta turk restoranlaridan biri va yaxshigina foydaga ega joy. Men ushbu do‘stimdan 3 yillik mexnatimga xaq so‘rashim mumkinmi yoki noroziligimni aytib qo‘ysam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima mehnat qilgan bo‘lsangiz hammasini haqini olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nima mehnat qilgan bo‘lsangiz hammasini haqini olishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 19:58 | Savol-javoblar | 143 | Moliya va tijorat