Qarz qiyomat qaytish

Assalom alaykum! Ishchi xodim rahbarning haqqini o‘g‘irlab edi. Ya’ni savdo pulini!. Vaqt o‘tishi bilan holat aniqlandi. Ishchi bo‘yniga qo‘yildi. Ishchi tan oldi. Ko‘rilgan zarar rahbarning hisobidan yopildi. O‘g‘irlangan pullarni ishchi qaytaraman deb ishdan ketti. Vaqt o‘tishi bilan rahbar telefon orqali pullarni bermaysanmi deb so‘rasa? Beraman kutib turing deya iddaa qildi! Vaqt o‘tishi bilan yana so‘ralganda. Qarzdor ishchi bilganingizni qiling dedi. Rahbar konglidan qiyomatga qoldi deb o‘tqazdi va qarzdoq ishchiga shunday deb telefonni qo‘ydi. Oradan 1 yil o‘tmoqda qarzdor xodim jim bo‘lib ketti. Rahbar ko‘rilgan barcha zararni o‘z hisobidan yopib bo‘ldi. Savolim quyidigicha! Qarzdor ishchi agarda pulni olib kelsa, rahbar olish niyati ham yo‘q. Sababi rahbarning dili juda qattiq og‘rigan. Ammo qarzdoq ishchi pulni olib kelsa, nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olishi kerak. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:18 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar