Sudxo‘rlik to‘g‘risida

Assalomu alaykum! Ma’lumki sudxo‘r va undan pul oluvchi o‘rtasida vositachilik qilish gunohdir. Savolim shuki, bir kishi maishiy texnika do‘koni egasi bo‘lib, kreditga texnika sotib oluvchi odam bilan kredit beruvchi tashkilot o‘rtasida vositachi bo‘lib, (hujjatlarni yig‘ish, kredit beruvchi tashkilotga taqdim etish) shu orqali o‘z yukini sotsa gunohkor bo‘ladimi? Bu savdodan olgan foydasi halolmi harommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohga yordam berish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 08:40 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar