Ota-ona masalasi

Assalamu alaykum muxtaram Ustoz! ALLOX(j.j) ilmingizni va umringizni yanada ziyoda kilsin va din ravnaki yulidagi xizmatlaringizning ajrini ikki dunyoda ziyodasi bilan ato etsin. Omiyn! Ustoz bir masalada savolim bor edi. Savol: Ota-ona ajrashgan, ugil ota bilan, kiz farzandlar ona bilan kolgan. Ugil xozir rossiyada ishlaydi, otasi unga "onangga pul junatmagin" deb aytibdi. Shu vaziyatda shu yigit otasiga bildirmasdan onasiga yordam tarikasida pul junatib tursa buladimi? Javobingiz uchun oldindan raxmat. ALLOX(j.j) rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Albatta, bo‘ladi. Balki yubormasa, bo‘lmaydi.

6 May 2022, 04:02 | Savol-javoblar | 164 | Bola tarbiyasi
|
Boshqa savol-javoblar