Bo‘lib to‘lash masalasi

Assalomu alaykum! Man oilam bilan Shvetsiya davlatida yashiman, uy-joy qilamiza deb keldik, lekin bu erdan kreditga telefon va Toshkentga borish uchun bilet olgandim. Buni muddati 2 yil, Allohim kechirsin, namozni boshladim Alhamdullilah, endi shu kreditni har kuni o‘yliman. Bittada to‘lashga imkonim yo‘q. Bu juda kotta gunoh, maslahat bering, endi nima qilsam bo‘ladi? 2 yil kredit to‘lashim kerakligi har kuni azobga obkeladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shuning uchun ham barcha inson qiladigan ishini nafaqat foyda keltirishini, balki o‘sha ish Allohning roziligiga muvofiqmi yoki yo‘qmi buni ham o‘ylashi kerak. Biror buyumingizni sotib bo‘lsa ham tezda to‘lang. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 17:28 | Savol-javoblar | 157 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar