Yolg‘ondan kelgan mukofot pulining hukmi qanday?

Assalomu alaykum! Men ishlaydigan korxonada oylik maoshdan tashqari ishchilarga oylik mukufot puli to‘lanadi. Belgilangan ish rejasi 100 foizga bajarilsa, mukofot puli to‘lanadi, agar 99 foiz bo‘lib qolsa ham, to‘lanmaydi. Agar 110 foiz bo‘lsa ham mukofot puli 100ga to‘langandek to‘lanadi. Bu ish beruvchi belgilagan shartlardan. Ayrim oylar shunday holat kuzatiladiki, reja 100dan ortiqga bajariladi. Shunda korxona rahbariyati ayrim qo‘l ostidagilar bilan kelishgan holda, yuqori turuvch rahbarlarga rejani 100 bajarildi deb ko‘rsatadi va qolgan bajarilgan ishni yashiradi. Kelasi oy reja 99 bo‘lib qolsa, o‘tgan oy yashirganini qo‘shib yana 100 bajarildi deb hisobot beradi. Mukofot puli ikki oyga ham bir xil chiqadi. Aslida, ish beruvchi belgilagan nizom bo‘yicha mukofot puli birinchi oy uchun to‘lanib, 2-oy uchun to‘lanmaslik kerak edi. Bundan ishchilar bexabar. Chunki, ular ish hajmi tahlilini olib borish imkoniyatiga ega emas. Ularga ma’lumot umumiy qilib aytiladi (shu oy reja bajarildi yoki bajarilmadi deb). Savol: 1. Ishchilar va mening oylik maoshimga beixtiyor qo‘shiladigan (yolg‘ondan kelgan) mukofot puli halolmi? 2. Halol bo‘lmasa shu qo‘limizdagi mukofot puli miqdorini nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘onligini bilsangiz aslo halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar