Masjid xududi

Assalomu alaykum! Qishlog‘imizda Mustaqillik davrlarida qishlok ahli tomonidan qurilgan masjid bor. O‘sha paytlarda shu masjidda besh mahal namoz o‘qilgan. Lekin keyinchalik masjidni tegishli hujjatlari yo‘qligi sababli yopib qo‘yilgan. Qishloq ahli masjidga ruxsat bo‘lishiga umid qilib xududini o‘rab qo‘yishgan. Ammo shu kunlarda qishlog‘imizdan bir kishi masjid hududidan magazin qurishni boshlagan. Qishlokning xudojo‘y kishilari masjid hududi yaxlitligini buzmaslikni so‘rashiga qaramay masjid hududiga kirib qurilish ishlarini davom ettirayapti. Hozirgi jamiyatimizda oldinlari masjid sifatida qurilib hozirgi kunda yopib qo‘yilgan. Bularni ham o‘zlashtirish ilinjida yurgan insonlar ko‘p uchraydi. Bu holatda qanday yo‘l tutsak to‘g‘ri bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjid uchun ajratilgan er qiyomat kunigacha masjid bo‘lib qoladi. Uni o‘ziga uy qilmoqchi yoki o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan insonlar juda qattiq imtihonda bo‘ladi. Shu kungacha bu kabi insonlar uzoq gullab yashasholmadi. Hozirgi kunimizda ham shunday insonlar bo‘lsa ehtiyot bo‘lishsin. Bu nasihatimiz xolos. Gapimizni og‘ir olmasliklarini so‘raymiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 05:58 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar