Hajga pul yig‘ayotgan kishiga qurbonlik qilish vojibmi

Assalomu alaykum! Yoshlari 71da bo‘lgan ammam borlar oilari va farzandlari yo‘q, o‘n yildan oshiqroq vaqt ichida hajga borish niyatida pul yig‘adilar. 500 000 so‘m pensiya oladilar 200 000 so‘mini o‘zlariga ishlatdilar 300 000 so‘mini haj uchun yig‘ilayotgan pullariga qo‘shib qo‘yadilar. Shu yili pullari nisobga etdi, tilla taqinchoqlarini qo‘shib hisoblab 667 000 so‘m zakot chiqardik. Lekin u kishiga qurbon hayiti arafasida moli nisobga etgan kishiga jonliq so‘yish vojib ekanligini aytish esimdan chiqibdi o‘zlari ham bunaqa masalalari yaxshi bilmaydilar. Keyin surishtirib ko‘dik ma’lum sababga ko‘ra qurbonlik qilmagan kishi o‘sha qurbonlik molining pulini sadaqa qilishi kerak ekan. Agar u kishi har yili zakotdan tashqari qurbonlik ham qilsalar hajga etadigan pul yig‘ishlari qiyin bo‘ladi, yoshlari 71da. Shuning uchun u kishini shu yilgi qurbonliklarini pulini men o‘z hisobimdan u kishiga aytmasdan sadaqa qilsam bo‘ladimi? O‘zlariga aytsam shariatni yaxshi tushunmaganliklari sababidan hajga pul yig‘ishlari qiyin bo‘lishni o‘ylab men qurbonlik qilmayman deb gunohkor bo‘lib qolishlaridan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik qilish vojib. Siz o‘ziga bering o‘zi sadaqa qilsin. Siz u tomondan sadaqa qilishingiz bilan qurbonlik ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 171 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar