Zakot va duo qilish haqida
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. Menda 4ta qora mol va 1ta moshinam bor. Pulga hisoblasam 15000 s bo‘lar ekan. Eshitishimcha 30ta moldan birini haqdorlarga berish kerak ekan. 30ta molni puli 75000 s bo‘lar ekan o‘rta hissobda. Men shu 15000 s dan zakot beramanmi? Boshqa qishloqqa bersam ham bo‘ladimi?
2). Duoda Rasulullohga behisob shukurlar bo‘lsin kabi shunga o‘xshash “boringa shukur” yana “duolarni savobini “Allohim o‘zinga baxshida etdim” kabi gaplar eshitamiz. Bu shirk emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Minib turgan moshinangiz zakot berilmaydi. Uyda boqib turgan qora molingizning adadidan zakot berilmaydi. Balki agar uni tijorat maqsadida olgan bo‘lsangiz, ularning umumiy qiymatining qirqdan birini zakotga chiqarasiz. Zakotni boshqa diyorga hojatsiz holda olib borish makruh hisoblanadi. 2). “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga behisob shukur” deyish joiz emas. Savob ham Alloh taologa baxshida qilinmaydi. Shirk emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:45 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar