O‘qituvchi bo‘lsam nima qilaman

Assalomu alaykum! 5 yildan beri namoz o‘qib Alloh buyurgan farz amallarini qo‘limdan kelganicha qilayabman. Avratni yopish xam farz bo‘lgani uchun, lekin bunda maktablarda ruxsat bo‘lmagani uchun xijob o‘ray olmadim. Maktabni tamomladim, o‘qishga topshirdim, boshlang‘ich talimga. Endilikda men o‘qituvchi bo‘lsam xam xijob o‘ray olamanmi, lekin bunga ruxsat yo‘q bo‘lsa men nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni to‘sing. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi, ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Allohga taqvo qiling, O‘zidan so‘rang. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 10:51 | Savol-javoblar | 169 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar