Yana uzr

Assalomu alaykum! Yoshligimizdan “Qiblaga oyoq uzatma“, “qiblaga avratingni ko‘rsatma” qabilidagi ta’qiqlarni eshitganmiz. Hojatxona, chumilish xonalarida ham “qibla” tushunchasi o‘z kuchida qoladimi? deb berilgan savolga bir ikkita ssыlkalar javob tarzida berildi. Ularning ikkisida ham hojatxona va cho‘milish xonasi yodga olinmagan. Savolning maqsadi ham shu edi. O‘sha erlarda bunga amal qilinadimi? Oldindan katta rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Cho‘milayotgan paytda, haloda va yaqinlik qilinayotgan paytlarda qiblaga yuzlanish makruhdir.  Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar