Qulog‘i og‘riydigan kishining g‘usli

Assalomu alaykum! Ayolimning qulog‘ini pardasi yirtilgan ekan. G‘usl vojib bo‘lganda 1, 2kun g‘usl qilsa darhol qulog‘i og‘rib qoladi. Qulog‘idan suv kelib qiynaladi. Shu holda nima qiladi? Tayammum qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Ko‘p holda g‘usl olsa shu ahvol. Buni ko‘rib yaqinlik qilishga ham qo‘rqib qolganmiz. Davolatsak ham foyda bermadi, chunki salga shamollaydi. Tayammum qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi yoki g‘usl qiladimi? G‘usl qilsa kasal bo‘lib, namozni ham tark qilyapdi. Tayammum qilsa sog‘ligiga zarar yo‘q, ammo o‘qigan namozi to‘g‘ri bo‘ladimi? O‘zi Islom diniga qiziqadigan soliha ayol. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qulog‘iga paxta tiqib olib g‘usl qilsa bo‘ladimi? Agar shunda zarar qilmasa shunday qilib g‘usl qilsin. Qulog‘iga zarari etadigan joyiga mash tortib, zarar qilmaydigan joylarini yuvsin. Dinimizda hech qanday tanglik yo‘q. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:02 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar