Ba’zi odamlarning nazdida

Assalomu alaykum! Savolim noo‘rin bo‘lsa uzur so‘rayman. Xalqimizdagi ba’zi odamlarning nazdida qiz bolaning bokiraligini bildirib turuvchi bokiralik qonini oq surpga tomiziladi va shu bilan qiz bola bokira ekanligi tasdiqlanadi. Meni xayron qoldiradigan narsa nega yangalar kelinga o‘sha qon tekkizilgan surupni saqlab qo‘yishi kerakligini aytishadi? Aytishicha agar hayoti davomida erining boshiga tuxmat yoki kulfat kelsa o‘sha qonli surupni erni etagiga boylasa bu kulfat yoxud tuxmatdan xalos bo‘larkan. Bu qanchalik haqiqat? O‘zi aslida bokiralikni isbotlovchi surpni asrab qo‘yish kerakmi yoki aksincha?
2. Ba’zi balog‘at yoshidagi qizlarimizning ilk hayz ko‘rishini ham asrab qo‘yishar ekan. Bunga sabab nimada?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bularning hammasi bekorchi va asossiz gaplar. Bunday safsatalarni dinimizga mutloq aloqasi yo‘q. Bular hammasi ilmsizlik va Islomni bilmaslikdan kelib chiqqan narsalar. Shariatimizda u qon haromdir. Vallohu a’lam!

24 Aprel 2022, 14:50 | Savol-javoblar | 175 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar