Er va xotin e’tiqodi

Assalomu alaykum! Agar oz dinini bilmasa, xech kanday amal qilmasa, xotin esa, erini e’tiqodini to‘ydan oldin bilmagan bo‘lsa, xotini eri bilan yashashi joizmi? Joiz bo‘lsa erini qanday qilib xidoyat yo‘liga boshlasa bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Unday bo‘lsa xotin o‘ta darajada e’tiborli bo‘lishi kerak. Chunki dinini bilmagan insonni og‘zidan kufr va shirk so‘zlar ko‘p bora kirib chiqadi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَادِرُوا بِالْأَعْمَالِ فِتَنًا كَقِطَعِ اللَّيْلِ الْمُظْلِمِ، يُصْبِحُ الرَّجُلُ مُؤْمِنًا وَيُمْسِي كَافِرًا، أَوْ يُمْسِي مُؤْمِنًا وَيُصْبِحُ كَافِرًا، يَبِيعُ دِينَهُ بِعَرَضٍ مِنَ الدُّنْيَا  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Zulmatli kechaning bo‘laklaridek fitnalar kelmasidan oldin amal qilib qolinglar. (O‘sha fitnalar kelsa,) kishi tong otganda mo‘min bo‘ladiyu, kech kirganda kofir bo‘ladi [yoki kech kirganda mo‘min bo‘lib, tong otganda kofir bo‘ladi], dinini dunyoning arzimas matohiga sotib yuboradi». (“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Muslim"). Vallohu a’lam!

5 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 169 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar