Mast qiluvchi dori savdosi
Assalomu alaykum! Malumki har qanday mast qiluvchi vositalar dinimizda harom qilingan. Uni sotuvchilar va olib keluvchilarni topayotkan puliham harom sanaladi. Tanishimni dorixonasi bor. U boshqa maqsadda opkelayotkan dori vositalarini kimlardir mast bo‘lish uchun ishlatayapti. O‘z o‘zidan shu doriga talab katta. Lekin u dorini to‘g‘ri ishlatilishi uchun olib keladi. Bunda javobi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri yo‘lga ishlatishini aytib sotib olsa undaylarga sotish joiz emas. Nimagaligini aytmasa sotish joiz. Aks holda bozorda bodring sotish ham qiyin bo‘lib qoladi. Bunday o‘rinda foyda bilan zararni solishtirib ko‘riladi. Foydasidan ko‘ra zarari ko‘p bo‘layotgan bo‘lsa u dorilarni olib kemaslik kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom