Kitobni o‘qish haqida

Assalomu alaykum! Ancha yil avval bank omonatiga nomimga topshirilgan mablag‘dan chiqqan foiz hisobidan Qur’on (tafsirini) kitobini sotib olgan edim. Hozirgacha foydalanib kelyapman, lekin foiz xisobiga olganim uchun ko‘nglim g‘ash. Qanday yul tutishni maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz qilib qo‘ygan ishingizga astoydil tavba qiling. Qo‘lingizdagi kitobni iloji bo‘lsa kitobga muhtoj biror kishiga savob umid qilmasdan berib yuboring. Agar o‘zingiz moddiy ma’noda muhtoj bo‘lsangiz foydalansangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:52 | Savol-javoblar | 149 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar