Davolovchi mulla

Assalomu alaykum! Bizlar tarafda bir odamlarni davolovchi mullo chiqibdi. Shu yil tushiga So‘fi Olloyor kirib sen odamlarni davolaysan debdi. So‘ngra Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ham tushiga kirib odamlarni davola deb ro‘molcha beribdi emish. Ixlos bilan bormaganlarni imoninigiz sust ekan tavba qilib keling deb qaytarib yuborayotgan emish. Ko‘p odamni tuzatibdi. Ko‘p odam shunga ixlos qilyapti. O‘zi avval bankir bo‘lib ishlagan. Shunga dinimizning hukmini aytsalaringiz iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biz uni ko‘rmagan bo‘lsak gaplashmagan bo‘lsak qanday biror narsa deyolamiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 162 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar