Shar’iy haqq

Assalomu alaykum! Men turmush qurganimga 2 yil bo‘ldi. Hozirda 1 yarim yoshli o‘g‘limiz bor va men homiladorman. Turmush o‘rtog‘im achovotda turganlari sababli hech kim qiz bermagan. Shuning uchun 2 xonali kvartira olib uylanishni do‘stlari maslahat bergan. Uy olib, uni jihozlab, so‘ng menga sovchilikka kelganlar. Biz sovchi orqali domda yashash sharti bilan turmush qurganmiz. Lekin qaynonam yangi kelinligimda holamga uyni bo‘shatib qo‘ymasa bolasiga qaramay ajrashtirib yuborishlarini aytganlar. Turmush o‘rtog‘im bu gapga sira qo‘shilmasdilar, lekin endi onam uchun lafzimdan qaytdim deyaptilar. Jonim bilan borib birga yashardimu, lekin shunchalik qil ostidan qiyiq axtaradigan ayol bo‘lganliklari sababli janjallarini sira chegarasi yo‘q. Aslida bir necha marta oilamni saqlab qolish uchun borib ham yashadim. Ammo bundan nevrozga uchrab, asabiylashsam hushimni yo‘qotadigan bo‘lib qolgandim, 8 oy deganda zo‘rg‘a davolandim. Hozir ham ovozlarini eshitishim bilan judayam qo‘rqaman, oyoq qo‘llarim muzlab qolgandek bo‘ladi. U erda yashashni sog‘ligim ko‘tarmaydi, hechkimdan maslahat so‘rolmayman. Ota-onam lafzidan qaytgan bo‘lsa faqat onasini desa ajrashasan deyishyapti, qaynonam turli tuxmatlar, sayoq yurishlar bilan ayblab ajrashtirmoqchilar. Turmush o‘rtog‘im esa “onam bilan yashamasang olib ketmayman, lafzimdan qaytdim, javobingni ham bermayman, shunday yuraverasan” deydilar. Men nima yo‘l tutishni bilmay qoldim. Kvartirada yashashni talab qilishga shar’iy haqqim bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shar’iy haqqingiz bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar