Bemazhablar bilan munosabat

Assalomu alaykum! Biz hali etarli ilmga ega bo‘lmagan tolibi ilmlar domlalarimizni haqorat qilayotgan bemazhablarga qanday javob qaytarishimiz kerak? Ular bilan tortishganimiz ma’qulmi? Yaqinda bir bemazhab tanish kishi bemazhablar haqida ogohlantirayotgan domlamizni haqorat qildi. Men chidab turolamay bemazhabligini yuziga soldim va u mendan xafa bo‘ldimi munosabatlarimiz uzildi. Shu kungacha shunaqa voqea yuz bersa ilmim kamligi uchun yumshoq gapirib, tushuntirib chidab yurdim. Foydasi bo‘lmadi shekilli axiyri chidolmadim. Men to‘g‘ri ish qildimmi tortishib? Chunki u ham musulmon. Musulmonni qalbini og‘ritishdan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ular esa qo‘rqishmayaptida. Nima bo‘lganda ham chiroyli odob va go‘zal axloq bilan ish tutavering. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar