Sura hajmi muhimmi?
Assalomu alaykum! Ma’lumki namozda zam suraning hajmi kamida qisqa 3 oyatdan iborat bo‘lishi kerak. Men yangi yod olgan suralarimni zam sura qilib o‘qiyman ba’zan. Savolim shundan iboratki, ba’zida adashib ketaman. Shu paytda yodimga kelmasa darrov sajdaga ketishim durustmi? Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozda zam suraning emas, mutloq qiroatning farzi qisqa uch oyat yoki uzun bir oyatdir. “Fotiha” surasini o‘qishingiz bilan namozning farzi ham, vojibi ham ado bo‘ladi. Zam sura qilish ham vojib, o‘qiganingizcha o‘qing, to‘xtagan joyingizda ruk’uga ketishingiz mumkin. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:05 | Savol-javoblar | 142 | Namoz