Oilada bolalar nafaqasi

Assalomu alaykum! Men bir davlat tashkilotida ishlayman, maoshim 1mln 600ming, Allohga shukur. 4 ta farzandim bor va ularning barcha xarajatlari o‘z bo‘ynimda(maktab, bog‘cha, kiyim kechak). Xo‘jayinimning ishlari juda zo‘r, lekin umuman farzandlarim xarajatlariga pul bermaydilar, ba’zida umuman pulim qolmaydi, oylikdan oylikkacha etkazolmayman, shunda pul so‘rasam, meni vazifam sizlarni boqish, bor onangdan yo akangdan so‘ra deydilar, vaholanki, ulardan ming hijolat bilan so‘rayman. qachongacha shu holat davom etishini o‘ylab ezilaman. Axir men ham ayol kishiman, o‘zimga yarasha harajatlarim bor. Erkak kishining vazifasi faqat to‘ydirish xolosmi(xo‘jayinimni fikrlari). Ayoliga yoki farzandlariga nafaqa berish kerakmi, qancha miqdorda bo‘lishi mumkin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Afsus hozirda erkaklar dastmoyasini "kelgusida ulkan samara beradigan" farzandlarga tikish o‘rniga kiyinib va minilib eskiradigan, qurilib vaqti kelsa hech kimga foyda bermaydigan narsalarga tikishmoqda. Afsus, ming afsus... Vallohu a’lam!

10 May 2022, 11:23 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar