Bir nechta akkauntdan bir kunda savol berish
Assalomu alaykum! Bilamizki sizlarga savol yo‘llash uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak va sayt qoidalariga ko‘ra bir kishi bir kunda bitta savol yo‘llay oladi. Menda google akkauntlarim ko‘pligi hisobiga bu saytdan bir vaqtda xar xil akkauntlar orqali bir nechta savol yo‘llashim mumkin. Shunday qilmoqchi ham bo‘ldim, lekin avval sizlardan buning hukmini so‘rashni lozim deb topdim. Meni bilishim bo‘yicha agar shunday qilsam, sizlar men tomondan jo‘natilgan savolni ikkinchisiga javob berishga ketgan vaqtlaring o‘rniga boshqa bir birodarimning savoliga javob berishinglar mumkin bo‘lib qoladi va men o‘sha birodarimning haqqini (rizqini) egan bo‘lib qolaman, shundaymi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Asosiy maqsad insonlarga biror foydali savol berishda. Juda ko‘p savollarni o‘qib ko‘nglimiz ranjiydi. Savol beruvchi ozorlanmasin deb javob beramiz. Savol berish madaniyatini ham o‘rganish kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 11:56 | Savol-javoblar | 123 | Turli savollar