Yunus Emro filimi haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar avvalgi savolim ham Yunus Emro filimi haqida edi bu filmdan kop narsalarni o‘rganish mumkun ammo bu joizmi bu filmdagi islomiy malumotlar tog‘rimi?Avvalgi savolimda zikir aytish usullarini maqullamadingiz unda nega ular bu usulda zikr aytishadi yo bu mazhabga bogliqmi.Iltimos menga bu haqida iloji boricha toliq malumot bersangiz !Albatta tushunmayotganimning sababi ilimsizligimda shu tufayli koplab muammolar kelib chiqyabdi buning uchun uzur sorayman 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fiqhda va aqiydada ahli sunna val jamoa haq mazhablari bor bo‘lgani kabi tasavvufda ham shunday far’iy masalalarda mazhablar bor. Siz aytgan savoldagi masala ham mazhablarda har xil yo‘lga qo‘yilgan va dalillari bor. Ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning «Tasavvuf haqida tasavvur» «Naqishbandiya» «Ruhiy tarbiya» kitoblarini o‘qing. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:13 | Savol-javoblar | 196 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar