Ekaklar soch turmaklari

Assalomu alaykum! Ustoz, savolim erkaklarni soch turmagi yani pricheskasi xaqida. Men uzun soch o‘stirishni yaxshi ko‘raman (sochim uzunligi boshimning barcha erida bir xil emas [top knot nomli soch turmagi]), sochim uzunlgi bois, ish qilayotgan yoki sport bilan shug‘ullanayotgan vaqtimda xalal bermasligi uchun yig‘ishtirib boylab olaman. Nomoz o‘qiyotgan paytimda boylamayman. Lekin yaqinda internetda o‘qib qoldim, erkaklar sochlariri yig‘ib yurishlari mumkun emas agar aniqroq qilib aytsam bu makrux ekanligi xaqida aytilyapti, bu paytgacha boshqa manbalardan umuman boshqa malumotlarni o‘qigan edim. Agar ataylab boshqa din vakillariga taqlid qilib soch turmagi qilinmasa, yani o‘zini boshqa din vakillariga o‘xshatish niyati bo‘lmasa xechqisi yo‘q degan manoda. Menda unday niyat yo‘q, bo‘lmagan xam. Endi qaysi malumotga ishonishni bilmay koldim, shu xakida malumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozda echib olsangiz bo‘ldi. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:مَرَّ أَبُو رَافِعٍ مَوْلَى النَّبِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَلَى الْحَسَنِ بْنِ عَلِيٍّ عَلَيْهِمَا السَّلَامُ وَهُوَ يُصَلِّي، وَقَدْ غَرَزَ ضَفْرَهُ فِي قَفَاهُ، فَحَلَّهَا أَبُو رَافِعٍ، فَالْتَفَتَ الْحَسَنُ إِلَيْهِ مُغْضَبًا، فَقَالَ: أَقْبِلْ عَلَى صَلَاتِكَ وَلَا تَغْضَبْ، فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «ذَلِكَ كِفْلُ الشَّيْطَانِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ozod qilgan qullari Abu Rofe’ namoz o‘qiyotgan Hasan ibn Ali alayhimassalomning yonidan o‘tdi. U (Hasan) soch o‘rimini orqasiga turmaklab olgan edi. Abu Rofe’ echib yuborgan edi, Hasan unga g‘azab bilan qaradi. U bo‘lsa:
«Namozingni o‘qi. Fazab qilma. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Bu shaytonning to‘qimidir», deganlarini eshitganman», dedi».

Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.
Inson namoz o‘qiganida, sajda qilganida uning barcha a’zolari, butun vujudi, hatto kiyimlari ham ishtirok etishi kerak. Agar erkak kishi sochini qaytarib turmaklab olsa, o‘sha holatga futur etadi. Shuning uchun bu ish makruh hisoblanadi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar