Qarzni qaytarishdagi ikkilanish

Assalomu alaykum! Men bir do‘stimdan qarz olgandim. Do‘stim pulni bank orqali menga jo‘natib bergandi va tabiiyki pulni jo‘natish uchun bank xizmati ham to‘lagan. Men do‘stimga shu bank xizmati uchun to‘lagan pulini ham qaytarib berishim kerak to‘g‘rimi? Agar naqd pulda qarz olinsa va uni plastik kartochka orqali xaqdorning xisobiga o‘tkazib berilsa kartadan-kartaga o‘tkazish uchun to‘lanadigan pul qarzdorning yoki xaqdorning xisobidan to‘lansa bu ribo bo‘lib qolmaydimi? Ya’ni 200 ming so‘m naqd qarz olindi deylik va uni kartochka orqali qaytarayotganda 200 ming + 2 ming qarzdorning xisobidan echilsa bu ribo bo‘lib qolmaydimi? Xaqdorning xisobidan echib qolinsa ham xaqdor uchun qo‘shimcha 2 ming xarajat qilinadi... 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xizmat haqini ham qo‘shib tashlasin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 03:47 | Savol-javoblar | 173 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar