Ovozli xabar, video
Assalomu alaykum! Men talabaman, karantin tufayli talim jarayonlari hozirda maxsus o‘quv tizimlarda yoki telegram guruhlarida olib boriladi, ba’zan o‘qituvchilar topshiriqlarni ovozli xabar yoki video ko‘rinishida yuborishimizni talab qilishadi, aslida bu topshiriqni topshiruvchi uchun ham tekshiruvchi uchun ham qulay va haqqoniy, ammo ba’zi ustozlar erkak, guruhimizning yarmi esa yigitlardan iborat, ovozli xabar va videolarni hamma eshitishi, ko‘rishi, telefonida saqlab qo‘yish ham mumkin. Shundan ko‘nglim xijil, bunday holatda ayol-qizlarning faqat talim yuzasidan ovozli xabar va videolarni jo‘natishi joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida ayol kishining ovozi avrat emas. fitna chiqadigan o‘rinlarda ovozini ehtiyot qilish kerak. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 167 | Ta’lim va muta’allim