Hisob kitobsiz jahannamga kiruvchi uch toifa

Assalomu alaykum! Shu manodagi hadis sahihmi: “Qiyomat kuni do‘zaxdan bir bo‘yin chiqadi va uning ko‘radigan 2 ko‘zi, eshitadigan 2 qulog‘i va gapiradigan tili bo‘ladi. Shu bo‘yin aytadiki: “Men uch kishiga biriktirildim. Uch kishini jahannamga hisob-kitobsiz olib ketaman deydi. Har qanday jabr qiluvchi va o‘jar bo‘lgan kimsani, odamlarga jabr-zulm qilgan, Allohning oyatlariga itoat qilishga o‘jarlik qilgan. Allohdan boshqani iloh qilgan mushriklarni (yoki shirk keltirganlarni). Musavvirlarni, jonli narsalarni rasmini chizganlarni.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Sunani Termiziy”da quyidagicha keladi: حَدَّثَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُعَاوِيَةَ الْجُمَحِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ بْنُ مُسْلِمٍ، عَنِ الْأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: تَخْرُجُ عُنُقٌ مِنَ النَّارِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَهُ عَيْنَانِ تُبْصِرَانِ، وَأُذُنَانِ تَسْمَعَانِ، وَلِسَانٌ يَنْطِقُ، يَقُولُ: إِنِّي وُكِّلْتُ بِثَلَاثَةٍ: بِكُلِّ جَبَّارٍ عَنِيدٍ، وَبِكُلِّ مَنْ دَعَا مَعَ اللَّهِ إِلَهًا آخَرَ، وَبِالْمُصَوِّرِينَ
 وَفِي الْبَابِ عَنْ أَبِي سَعِيدٍ.
هَذَا حَدِيثٌ حَسَنٌ صَحِيحٌ غَرِيبٌ
 Bizga Abdulloh ibn Muoviya Jumahiy hadis aytib berdi. U dedi: «Bizga Abdulaziz ibn Muslim hadis aytib berdi». U A’mashdan, u Abu Solihdan:
Abu Hurayradan:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kunida do‘zaxning bo‘yni chiqadi, uning ikki ko‘radigan ko‘zi va eshitdigan ikki qulog‘i va gapiradigan tili bo‘ladi u, men uch toifaga yuklatilganman, har bir sarkash bo‘yin to‘vlovchiga (bila turib inkor qiladigan), Alloh bilan yana  boshqa ilohga duo qiladiganga, va surat chizuvchilarga», dedilar».
Bu haqda Abu Sa’iddan rivoyat bor.
Bu hasan sahih g‘arib hadisdir. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 169 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar