G‘ayridinning vafoti
Assalomu alaykum! Bir g‘ayridin hamkasbimiz vafot etdi. Qaysi dinga e’tiqod qilgani aniq emas (nasroniy yoki butparas). Inson sifatida o‘zi yaxshi edi. Savol: 1) Vafot etgan g‘ayridin hamkasbni ko‘mish va kuzatish marosimi (pominalnыy obryad) uchun yordam sifatida mablag‘ yig‘ib berish musulmon kishi uchun joizmi? 2) G‘ayridin hamkasbimizni xotiralash niyatida ishxonamizda ayrim musulmon xodimlar tomonidan ehson dasturxonini tashkil qilish va dasturxonga qo‘yilgan taomlardan tanovvul qilib uning xaqqiga duo qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunchalik qilish joiz emas. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 12:29 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar