Otaning injiqligi
Assalomu alaykum! Oilada ota juda ham injiq bo‘lsa, doim o‘zini gapini to‘g‘ri desa, farzandlariga yaxshilik tilaydi, ammo ularning orzu, xohish-istaklari, niyatlarini hisobga olmasa, farzandlar qanday yo‘l tutsin? Dinimizda ota-onaning poyabzaliga ham gap qaytarib bo‘lmaydi. Otaning farzandida ko‘rmoqchi bo‘lgan orzusi farzandga yoqmasa ammo otaning rizologi uchun shu orzuni bajarishi shartmi? Farzandning orzu- niyatlari ham 100 foiz qonuniy, shariatga xilof joyi yo‘q, aksincha amalga oshsa jamiyatga, o‘zini oxiratiga juda katta foydalari bor. Farzandlarning ham qay darajada tanlash imkoni bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Balog‘atga etgach shariatga muvofiq bo‘lsa tanlash ixtiyori bor. Tanlovi iste’dodiga muvofiq bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 165 | Oila va turmush