Odam alayhissalomning birinchi gunohi

Assalomu alaykum! Bir Turkiyalik musulmon: "Odam alayhissalomning birinchi gunohini yuz yillar davomida Alloh kechirmagan, hattoki uning qo‘llari qorayib ketibdi. So‘ngra u Jannatda ko‘rgan besh narsani eslagan. Birinchisi: Muhammad sallallohu alayhi vasallam, ikkinchisi u zotning kamari, uchinchisi u zotning bo‘ynidagi taqinchog‘i, to‘rtinchi va beshinchisi u zotning ikki qulog‘idagi halqalar. U zotning kamari bu Ali roziallohu anhu, bo‘yin taqinchog‘i Fotima roziallohu anha, ikki halqasi esa, Xasan va Xusayn rozialloxu anhumalardir. So‘ngra Odam alayhissalom: "Ey, Allohim! Payg‘ambaring Muhammad sollallohu alayhi vasallam hurmati, Ali, Fotima, Xasan va Xusayn roziallohu anhumlar hurmati gunohimni kechir", deganidan so‘ngra Alloh uni kechiribdi." dedi. Men: "bunday narsalarga iymon keltirish uchun uning dalili lozim", dedim. Shu gap rostmi? Javobingiz uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 156 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar