Imom bilan birga birinchi takbiri tahrimani aytish

Assalomu ’alaykum! Shunaqa hadis bormi. Imom G‘azzoliyni kitoblaridan oldim: Rasululloh (s.a.v.) shunday deydilar: «Alloh taolo namoz o‘qiliyotganda rahmatini imomga, uning o‘ngiga,chapiga, orqasiga yog‘diradi. Jamoatga qo‘shilgan har kim o‘sha rahmatdan nasibasini oladi». Jamoat savobiga to‘la sazovor bo‘lish uchun takbiri tahrimani imom bilan birga yoki undan so‘ng darhol aytishga g‘ayrat qilish kerak. Janob Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sahobalar masjidda to‘plangan bir kun shunday dedilar: «Ey, sahobalarim! Siz, namozning ilk takbirining fazilati qanchaligini bilasizmi?» U erda qatnashayotganlardan Ali (r.a.) shunday marhamat etdilar: «Ey, Allohning Rasuli (s.a.v.)! Menimcha imom bilan birga olingan ilk takbir fazilati shunday: Bu dunyo islomga qarshi tajovuzkor holda bo‘lgan dushmanlarga liq to‘la bo‘lsa, bir kishi ular bilan jang qilib, ularni ta’sirsiz qilib, muvaffaqiyatga erishsa, o‘sha kishi qozongan savob takbiri tahrimani imom bilan aytgan kishining savobiga teng bo‘lolmaydi». Bundan so‘ng Abu Bakr Siddiq (r.a.) shunday dedilar: «Ey, Allohning Rasuli (s.a.v.)! Dunyo to‘la oltin, kumush kabi boyliklarim bo’lsayu, hammasini sadaqa sifatida tarqatsam ham, baribir imom bilan birga aytilgan takbiri tahrima savobiga etolmagan bo‘laman». Bu savob darajasini u erda qatnashgan sahobalar bir-bir aytib o‘tishgach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar: «Menga Jabroil (a.s.) kelib shunday dedi: «Ey, Muhammad (s.a.v.)! Sizga Alloh taolo salom yo‘lladi va shunday marhamat etdi: «Habibimga xushxabar bering! Barcha dengizlar siyoh va barcha daraxtu-nihollar qalam bo‘lsa, eru ko‘kdagilar kotib bo‘lsalar va namozning takbiri tahrimasini imom bilan birga aytgan kishining savobini yozib borishsalar, bu yozishni qiyomatga qadar davom ettirsalar ham o‘sha kishi qozonadigan savobning o‘ndan birini yoza olmaydilar». Javobingiz uchun rahmat Masjidimiz imomi "agar imom bilan birga takbiri tahrimani aytilsa namoz qabul bolmaydi" debdilar. Qaysi togri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan javoblarni o‘qing https://savollar.islom.uz/s/147911https://savollar.islom.uz/s/99 https://savollar.islom.uz/s/60169 

4 May 2022, 10:46 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar