Telefonga adashib pul tashlashsa

Assalomu alaykum! Meni telefon nomerimga kimdir 15000 so‘m tashladi. Hech kim adashib tashlabman deb telefon xam qilmadi. Kompaniyaga telefon qilib so‘rasam kimligini aniqlashni iloji yo‘q dedi. Buni xukmi qanday. Bu pul men uchun xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘sha odamning nomidan miskinlarga ehson qiling. Mabodo egasi topilsa berasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar