Allohga iltijoim

Assalomu alaykum! Avvalroq onlayn kazinoga berilib namozni xam tashlab qayta olmayotganligim xaqida yozgandim inshaAlloh maslaxatlaringizga muvofiq xozir 5 vaqt namozni boshladim katta qarzga botganman banklarda kreditlarim tanishlarimda qarzlarim juda ko‘p namozni masjidda jamoat bilan ado qilolmayabman o‘zim uyda o‘qiyman uyimdagilar ko‘chaga chiqarishmayabdi chiqsang yana ichishni boshlaysan deb men payg‘ambarimiz nomi bilan Allohga qasam ichdim boshqa umuman aroq iste’mol qilmayman deb xar kuni namozlarimda Allohga iltijo qilib qarzlarimdan najot so‘rayman ishdan bo‘shaganimdan buyon ish xam yo‘q negadir najot topa olmayabman birovlarga Alloh darrov beradi nega meni mushkullarim osonlashmayabdi yoki iltijolarim Allohga etib bormayabdimi yoki Alloh meni shu tariqa jazolayabdimi nima qilsam Alloh meni eshitadi? Iltimos maslaxat bering namozlarim iltijolarim qabul bo‘lmayabdimi? 2 savolim shuki 5 vaqt namoz o‘qiyabman inshaAlloh lekin ko‘nglim notinch qalbimda xalovat yo‘q kechalari uyqum xam kelmaydi nega qalbimda xalovat yo‘q yoki namozlari to‘kis ado bo‘lmayabdimi yoki namozlarim qabul bo‘lmayabdimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson gunohni eng kattasidan tavba qilsa Alloh taolo uni qadrlaydi. Taqvoda ham o‘sha gunohning miqdoricha uni ko‘tarib qo‘yadi. Siz rizqingizni g‘amini qilmang, Alloh rizqingizga kafil bo‘lgan. Albatta iziga tushguncha biroz vaqt o‘tadi. Bir temirchi qishloq ayollariga tegajoqlik qilar ekan. Qishloq ayollar hammasi undlan bezor erlari esa temirchidan qo‘rqishar ekan. Bir kun ikki solih inson uning do‘konini oldidan o‘tib ketayotib biri boshqasiga “Bu temirchi qachon bu bema’ni ishidan qaytar ekan” debdi. Boshqasi esa “O‘ziga o‘xshagan bema’ni uning qiziga osilganida tushunadi” debdi. Va do‘kon oldidan o‘tib ketishibdi. Alloh u insonning gapini temirchining qalbiga ta’sirli qilib, o‘sha turgan holida qattiq o‘ylanib qolibdi. O‘sha zahoti tavba qilib, g‘usl qilib masjidga boribdi. Shu-shu bu ishlarini to‘xtatibdi. Borgan sari do‘koniga keladigan odamlar kamayibdi. O‘ziga o‘xzshagan fosiq-fojirlar ham uning do‘konidan qadamini uzishibdi. Oxir borib do‘konini yopishga majbur bo‘libdi. Mardikorlikka chiqibdi. Uni tanimagan odamgina mardikorlikka olar ekan, qolganlar esa xotinimga tegajoqlik qiladi deb mardikorlikka ham olishmas ekan. Kunlar o‘tibdi, bir kunda bir maxal taomlanadigan holtga tushibdi. Bir kun masjidga borsa masjid imomi “Alloh seni tavbangini qabul qilmapti, Shuning uchun seni xor qilib qo‘yibdi” degan gapni aytibdi. Temirchi imomni qo‘lidan mahkam ushlab do‘koniga sudrab kelibdi. Temir qizdiradigan o‘chog‘iga o‘t yoqibdi va bir temirni olib uni qizdirib temirning utiga qo‘yibdi va bolg‘a  ilan qattiq urgan ekan temir tuprog‘i ko‘p aralashgan sifatsiz temir bo‘lgani uchun maydalanib ketibdi. Temirchi uni olib axlatxonaga uloqtiribdi. Va yana boshqa temirni olib qizdirib uni ham temir ustiga qo‘yib bolog‘a bilan uribdi. Temir temirchi xohlagandek shaklga kiribdi. Temirchi bu ishni takror-takror qilib oxiri undan chiroyli bir qilich yasabdi va domlaning qo‘liga berib “Alloh taolo ham bandasini shunday qilib imtihon qiladi. Bolg‘ani zarbiga chidamaganlarni axlatxonaga uloqtiradi. Sabr qilganlarni esa temir kabi o‘tga solib, urib, sovutib O‘zi xohlagan bir shaklga kiritadi va oddiy temirlik holatidan chiqarib qadrli buyumga aylantiradi. Men ham hozir shu o‘tga solinib boshimga bolg‘a urilayotgan vaqtimdir. Men ham avvalgi temir kabi sabr qilmasam do‘zax degan axlatxonasiga uloqtiradi. Biro oz qiyin bo‘lsada sabr qilsam bir kun Alloh meni O‘zi xohlalagandek bir shaklga kiritib qadrimni ulug‘ qiladi” degan ekan. O‘tga solinish, bolg‘a eyish kerak bo‘lsa sabr qiling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 13:47 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar