Tijoratda noto‘g‘ri aktsiyadan foydalanish hukmi

Assalomu alaykum! Oxirgi 5 yil ichida O‘zbekistonda ham vebsaytlarda aktsiyalar ko‘payib ketyapti. Kuzatuvlarim natijasida bularning aksaryatida aldov mavjudligiga duch kelaman. Misol uchun biror tavarni narxini oshirib(2.
.705 so‘m dan 3.259.500 so‘mga), keyin bizda aktsiya bo‘lyapti deb, aktsiyada ishtirok etganga asl narxida(2.
.625 so‘m) sotishyapti, ba’zida o‘sha aktsiya bilan ham asl narxidan qimmat narxda ham sotishyapti. Bunaqa holatlar oldinlari boshqa davlatlarda kuzatardim. Buning hukmi qanday? Ular bu yo‘l bilan farzandlariga harom luqma edirishmayaptimikan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uni o‘ta jirkanch ish ekanligiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Kim firib qilsa bizdan emas” degan hadislari kifoya qiladi. عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنِّي فَرَطُكُمْ عَلَى الْحَوْضِ، مَنْ مَرَّ عَلَيَّ شَرِبَ، وَمَنْ شَرِبَ لَمْ يَظْمَأْ أَبَدًا، لَيَرِدَنَّ عَلَيَّ أَقْوَامٌ أَعْرِفُهُمْ وَيَعْرِفُونِي، ثُمَّ يُحَالُ بَيْنِي وَبَيْنَهُمْ
قَالَ أَبُو حَازِمٍ: فَسَمِعَنِي النُّعْمَانُ بْنُ أَبِي عَيَّاشٍ فَقَالَ: هَكَذَا سَمِعْتَ مِنْ سَهْلٍ؟ فَقُلْتُ: نَعَمْ. فَقَالَ: أَشْهَدُ عَلَى أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ لَسَمِعْتُهُ وَهْوَ يَزِيدُ فِيهَا: «فَأَقُولُ: إِنَّهُمْ مِنِّي. فَيُقَالُ: إِنَّكَ لَا تَدْرِي مَا أَحْدَثُوا بَعْدَكَ. فَأَقُولُ: سُحْقًا سُحْقًا لِمَنْ غَيَّرَ بَعْدِي». وَقَالَ ابْنُ عَبَّاسٍ: سُحْقًا بُعْدًا، يُقَالُ سَحِيقٌ بَعِيدٌ، وَأَسْحَقَهُ أَبْعَدَهُ
 Sa’id ibn Abu Maryam bizga shunday so‘zlab berdi:
«Muhammad ibn Mutarrif bizga shunday so‘zlab berdi: «Menga Abu Hozim shunday so‘zlab berdi: «Sahl ibn Sa’d dedi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Men sizlar uchun Havzga faratman. Kim oldimdan o‘tsa, (undan) ichadi. Kim ichsa, toabad tashna bo‘lmaydi. Oldimga men taniydigan, meni taniydigan (ba’zi) qavmlar keladi, so‘ng men bilan ularning oralari to‘siladi».
Abu Hozim shunday dedi: «Nu’mon ibn Abu Ayyosh buni mendan eshitib, «Sahldan shunday eshitganmisan?» dedi. «Ha», dedim. Shunda u: «Guvohlik beramanki, buni Abu Sa’id Xudriydan eshitganman va u unga shunday qo‘shimcha qilgan: «Ular mendan-ku», deyman. «Ularning sendan keyin nimalar qilganini bilmaysan», deyiladi. Shunda men: «Yo‘qolsin, yo‘qolsin mendan keyin o‘zgartirganlar!» deyman».
Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadi: «Suhqon» – nari bo‘lsin, «sahiiqun» – nari, «ashaqohuu» – nari qildi, degani.
(“Oltin silsila” kitobidan "Sahihul Buxoriy").
Qiyomat kuni eng muhtoj bo‘lgan holimizda turganimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borsagu, u zot “yo‘qolsin, yo‘qolsin” deb tursalar holimiz nima kechadi? Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:10 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar