Rizq haqidagi hadis
Assalomu alaykum! Shu hadis sahihmi? “Kim biron narsaga muhtoj bo‘lganda uni odamlarga oshkor etsa, hojati ravo qilinmaydi. Kim ehtiyojini Allohga izhor etsa, Alloh uni shoshilinch o‘lim yoki tez(da keladigan) engillik bilan boy qilib qo‘yadi” (Abu Dovud, Ahmad, Hokim rivoyat qilgan. Hadis sanadi hasan). Kimda biron ehtiyoj tug‘ilganda uni odamlarga aytib shikoyat qilsa, hojatini chiqarishni so‘rasa, uning tilagi bajo keltirilmaydi, kambag‘alligi arimaydi. Ehtiyoji qondirilgan taqdirdayam ketidan boshqa hojatlar chiqib kelaveradi. Kimda-kim Xojasiga, Buyuk Rabbi Alloh taologa suyansa, bor ehtiyojini U Zotga arz qilsa, Alloh uning ishini engil qiladi, etarli rizq beradi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu "Avvalo odamlarga shikoyat qilmasdan Allohga yuzlanishi kerak" degani. Keyin sababini qidirishi kerak. "Buyurtma"ni Allohga berish va sabr qilib kutish ham kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 14:07 | Savol-javoblar | 167 | Hadislar