Xatmi sag‘ir haqida
Manzilimizgacha ilmning kelishini oson yo‘l bilan ta’minlagan, masofadan turib bizga ustozlar bergan va biz ila sizlarga shogird ko‘paytirgan Alloh taologa beadad xamdu-sanolar bo‘lsin. Insonlar ichida inson namunasi bo‘lgan katta ustoz Muxammad Mustavfoga durudu salovotlar bo‘lsin. Olimlar Ustozi sollallohu alayhi vasallamning merosxo‘r shogirdlariga Allohning eng loyiq ajrlari va munosib mukofotlari bo‘lsin.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu Muhtaram ustozlar!Xatmi sag‘ir haqida eshitib, mahfellarda ham guvoh bo‘lganmiz. Ixlos surasi 3 marta tilovat qilinib, har bir marta o‘qilganda takbir va oxirgisida takbiri tashriqa aytilishini eshitganmiz. Savollar quyidagicha:1. Xatmi sag‘ir qanday ado etiladi?2. Xatmi sag‘ir qaysi hollarda ado etilsa bo‘ladi?3. Xatmi sag‘irdagi takbir aytilishining boisi nima?4. Va yana bizlar bilmaydigan va bilishimiz foydali bo‘lgan narsalar haqida dars bersangiz.Vassalamu alaykum va rohmatulloh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillaahir Rohmaanir Rohiim.Va alaykum assalom. "Xatmi sag‘ir" aslida "Kichik xatm" degani. U "Xatmi kabir", ya’ni Qur’onni to‘liq o‘qishning muqoboli o‘laroq ishlatiladi. Ushbu amalning bunday nomlanishi, "Ixlos" surasi Qur’onning uchdan biriga to‘g‘ri kelishi haqidagi hadisdan kelib chiqib, ushbu surani uch marta o‘qish kichik xatm bo‘ladi, degan umidga asoslangan. Xatmi sag‘irda uch marta "Ixlos" surasi, keyin "Falaq" va "Naas" suralari, so‘ngra "Fotiha" surasi va "Baqara"ning avvalgi besh oyati o‘qiladi. "Ixlos" surasini uch marta takrorlashni hisobga olmaganda, ushbu amal hadislarda kelgan.Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Bir kishi:«Ey Allohning Rasuli, qaysi amal Allohga mahbubroq?» – deb so‘radi. U zot:«Qo‘nib-la yo‘lga chiquvchi» – dedilar.« Qo‘nib-la yo‘lga chiquvchi nima?» – dedi.«Qur’onni avvalidan oxirigacha o‘qib, har gal qo‘ngach, yana yo‘lga chiqadigan kishi», – dedilar».Termiziy rivoyat qilgan.Bu hadisidan Qur’onni xatm qilgan kishi yangi xatm boshlab qo‘yishi mustahabligi kelib chiqadi. Ammo bu erda yangi xatmdan qancha o‘qishlik haqida hech gap aytilmagan. Bu haqda imom Jazariy o‘z sanadi bilan Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilishicha, u kishi Abdulloh ibn Abbosga Qur’ondan ta’lim bera turib, Ibn Abbos Qur’onni xatm qilib berayotganida: «Al-hamdu»dan va «Baqara»ning besh oyatidan boshlab o‘qib qo‘y. Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga ham u zotga xatm qilib berganimda xuddi shundoq qilganlar», deb aytgan ekanlar.Mana shundan kelib chiqib, ulamolar Qur’onni xatm qilgan kishi "Naas" surasini o‘qib bo‘lgach, yangi xatm hisobida eng kamida «Fotiha» surasi va «Baqara»ning avvalgi besh oyatini o‘qib qo‘yishni mustahab sanaganlar va bu amal musulmonlar o‘rtasida keng tarqalgan.Endi ushbu jarayonda "Ixlos" surasini uch marta takrorlab xatmi sag‘ir qilishga kelsak, bu ham aslida Qur’onni xatm qilishda joriy etilgan. Bu borada imom Muhammad ibn Jazariy o‘zining «An-nashr fil qiroati al-’ashr» kitobida qimmatli ma’lumotlarni keltirgan. Unga ko‘ra, bu shaklda xatmi sag‘ir qilish avvalgi ulamolar va jumhur qorilar orasida ma’ruf bo‘lmagan. Qoziy Haravoniy nomi bilan mashhur bo‘lgan, hanafiy mazhabining yirik namoyandalaridan, qiroat ilmi olimlaridan, Ko‘fa qozisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh Jo‘’fiy (v. 402 h) birinchi bo‘lib Qur’on xatm qilishda "Ixlos" surasini uch marta o‘qishni joriy qilgan. U kishi o‘z ustozi A’shodan rivoyat qilgan qiroatini ta’lim berishda shunday o‘rgatar edi. Ammo bu ishni A’shoning boshqa shogirdlari qilishmas edi. Shundan kelib chiqib, ulamolar mazkur amalni Haravoniyning ijtihodi deyishadi. Bunda u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Qul huvalloohu ahad» Qur’onning uchdan biriga to‘g‘ri keladi», degan hadislariga tayanib, xatmi Qur’ondagi kamchiliklarga badal bo‘ladi, degan niyatni qilgan. Bu amal Haravoniyning ilmiy makonati va targ‘ibi sababli musulmonlar o‘rtasida, xususan hanafiylar orasida keng tarqalib ketgan. Chunki, Qoziy Haravoniy haqida o‘z zamondoshlari «Ko‘fada Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan keyin Qoziy Haravoniygacha undan faqih odam bo‘lmagan», deyishar edi.Ammo xatmi sag‘irni boshqa o‘rinlarda, xususan mavlid yig‘inlarida o‘qilishi "Ixlos" surasining mazkur fazilatidan umid qilingan holda oddiy tilovat ma’nosida bo‘ladi. Endi xatmi sag‘irda takbir aytilishiga kelsak, bu ham sunnatda kelgan amal hisoblanadi. Abul Alo Hamadoniy imom Bizziydan rivoyat qilishcha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bir muddat vahi tushmay qoldi. Mushriklar darrov: "Muhammadni Robbi tark etib yuboribdi", deb gap tarqatishdi. Shunda "Zuho" surasi nozil bo‘ldi. Rasul alayhissalom bundan o‘ta xursand bo‘lganlaridan takbir aytib yubordilar. Keyinroq Qur’onni xatm qilishda "Zuho" surasidan tashqari, Qur’onning oxirigacha bo‘lgan har bir sura nihoyasida Allohni ulug‘lash, Qur’on xatm bo‘lganining xursandchiligi uchun takbir aytishni ta’lim berdilar. Shuning uchun, Qur’onni xatm qiluvchi qorilarning "Zuho" surasidan Qur’onning oxirigacha, har bir sura nihoyasida takbir aytishlari sunnat bo‘ldi. Takbir mazkur suralardan birini ikkinchisiga ulayotganda aytiladi va oxirgisi "Naas" surasidan keyin aytiladi, "Fotiha"dan so‘ng aytilmaydi.Imom Shofe’iy: "Kim xatmda takbirni tark qilsa, bir sunnatni tark qilgan bo‘ladi", deb aytganlar. Ushbu ma’nodan kelib chiqib, xatmi sag‘ir odatda Qur’onni xatm qilishda ado etilgani uchun unda ham xatm yakunlanishidagi suralarda takbir aytish joriy qilingan. Shu bilan birga, bir guruh ulamolar "Zuho" surasi va undan keyingi suralarni o‘qishda, xatm bo‘lmagan taqdirda ham, takbir aytish mumkin, deyishgan. Takbirning asli shakli "Allohu akbar" deyish. Ammo imom Bizziy uni tashriq takbiri ko‘rinishida aytish ham mumkin, deb aytgan va bu qiroat ulamolari orasida ham mashhur. Vallohu a’lam.
27 Aprel 2022, 05:38 | Savol-javoblar | 207 | Qur’oni karim