Bu nima ?

Xazrat, Salomatligingiz zieda bulsin ! Bir dustimning savoli : "Men korxonalardan xisobot oluvchi tashkilotda ishlayman, korxonalar oyning 1-kuni menga xisobotni berishi lozim, aks xolda tegishli korxona xodimi tashkilot foydasiga jarima tulaydi. Mening vazifam yigib olingan korxonalar xisobotlarini 3-sanagacha yukori tashkilotga kayta ishlab junataman. Xisobot topshirish tartibini buzgan korxonalarning mas’ul xodimlari albatta (tugri eki notugri) sabablarni aytishadi, mendan erdam surashadi, shunda men 3-sanagacha (uz muddatim doirasida) ushbu kechikkan korxonalar xodimlariga erdam beryapman, zero jarima juda yukoriligi uchun ular bir necha oy maoshsiz kolishlari mumkin. Xazrat ularga imkoniyatim doirasida kilgan erdamim evaziga ba’zilari rozi bulib pul xam berishadi, [u]shu pul men uchun xalolmi ?[/u] Ikkinchidan, ba’zi korxona xodimlari xisobotlarini tuzishda kiynalishadi, shunda ularga xisobotlarini mutaxassis sifatida bajarib beraman, [u]xizmatim evaziga olgan pul xam xalol buladimi ?[/u] " Xazrat Allox sizdan rozi bulgay, Alloxdan Rasululloxning barcha duolarini mustajob kilgin !!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Aslida xizmatingiz uchun maoshga pul olsangiz kerak. agar shartnomadan tashqari ish bajarsangiz va o‘sha ortiqcha qilgan ishingizga odamlari o‘zi ko‘nglidan chiqarib bersa, olsangiz bo‘ladi.

2 May 2022, 12:07 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar