Omonatni yo‘qotib qo‘ysa
Assalomu alaykum! Biz bir qo‘shnim bilan plonka olish uchun tsexga ketayotgandik plonkani chiqarish uchun 5-6soat vaqt ketadi. Shuning uchun men ko‘shnim o‘ziga kerak plonkani chiqargunicha tsex yaqinida bozorda ishim bo‘lganligi uchun tushib qolaman deb plonka uchun olgan pulimni berib ko‘ydim va 20-30 daqiqa o‘tib bozor yaqinida mashinadan tushib koldim va 2-3 daqiqa o‘tib qo‘shnim tel qilib mashinada pul yo‘qligini aytdi. Men mashinani ort o‘rindig‘ida edim, qo‘shnim oldi o‘ng o‘rindig‘ida edi. Men pulni bergandim, o‘rindig‘ni eshik tomoniga qo‘ygandi. Men tushib qolishimdan oldinroq eshikni ochib yopgandi pul tushib qolgan ekan. Bunday xolatda dinimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz pulni unga berganingizda pul unga omonat hisoblanadi. Omonatning hukmi u inson omonatga beparvolik qilgan bo‘lsa, o‘zining molidek saqlamagan bo‘lsa to‘lab beradi. Tabiy ofat etsa yoki o‘z molidek saqlagan bo‘lsa ham baribir talofatga uchrasa to‘lab bermaydi. Omonatga qanday muomala qilganini o‘zlaringiz hal qilib olinglar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 14:07 | Savol-javoblar | 144 | Moliya va tijorat