O‘xshash oyatlar qo‘llanmasi

Assalomu alaykum! Ustozlar sizlarga savolim shundan iboratki, Qur’on o‘xshash oyatlari ko‘p, shu oyatlarda bir suradan ikkinchi suraga o‘tib ketmaslik uchun o‘sha o‘xshash oyatlarni “Falon oyat falon suraning ushbu oyatiga o‘g‘shaydi” deb hamma o‘xshash oyatlarni o‘zida jamlagan kitob bormi? Albatta bu Qur’oni Karimni yodlashni engillashtirgan bo‘lar edi. Keyin oyatdan oyatga o‘tib ketmasdan puxta yod olishga yordam berar edi. Javob uchun oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! In shaa Alloh shu ilm haqida bir qo‘llanma qilish niyatida turibmiz. Duo qilib turinglar. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar