O‘zini biror joyini jaroxatlash

Assalomu alaykum! Men 16 yoshdaman. 1-2 oydan beri o‘zimda boshqacha odatlarni sezyapman. Jaxlim chiqsa, kim bilandir urushsam, xafa bo‘lsam qo‘limni devorga urish, kesish kabilarni. Bunday qilmay deymanu lekin bo‘lmayaapti. 1) men gunoxkor bo‘ldimmi? 2) bu xolatlardan qanday qutilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lasiz. Bu ishingiz o‘zingizga zarar etkazishdan boshqa narsa emas. Ahmoqlikning ayni o‘zidir.G‘AZABNING AMALIY DAVOSIعَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ صُرَدٍ رضي الله عنه قَالَاسْتَبَّ رَجُلَانِ عِنْدَ النَّبِيِّ صلي الله عليه وسلم فَجَعَلَ أَحَدُهُمَا تَحْمَرُّ عَيْنَاهُ وَتَنْتَفِخُ أَوْدَاجُهُ، قَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلمإِنِّي لَأَعْرِفُ كَلِمَةً لَوْ قَالَهَا لَذَهَبَ عَنْهُ الَّذِي يَجِدُأَعُوذُ بِاللهِ مِنَ الشَّيْطَانِ الرَّجِيمِفَقَالَ الرَّجُلُوَهَلْ تَرَى بِي مِنْ جُنُونٍ؟ رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ. Sulaymon ibn Surad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ikki kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida so‘kishib qoldi. Ikkisidan birining ko‘zlari qizarib, tomirlari bo‘rtib chiqa boshladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men agar u aytsa, undagi bu narsa ketadigan kalimani bilaman. U «A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym»dir», dedilar. Bas, u: «Menda jinnilik bor deb o‘ylaysanmi?» dedi».
To‘rtovlari rivoyat qilishgan. 
G‘azabi chiqishining oldini olish niyatida bo‘lgan odam «A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym»ni aytib yurmog‘i lozim. عَنْ أَبِي ذَرٍّ رضي الله عنه قَالَإِنَّ رَسُولَ اللهِ صلي الله عليه وسلم قَالَ لَنَا: «إِذَا غَضِبَ أَحَدُكُمْ وَهُوَ قَائِمٌ فَلْيَجْلِسْ، فَإِنْ ذَهَبَ عَنْهُ الْغَضَبُ وَإِلَّا فَلْيَضْطَجِعْ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَأَحْمَدُ Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga: «Sizlardan kimda-kim g‘azablansa, tik turgan bo‘lsa, o‘tirib olsin, g‘azabi ketsa ketdi, bo‘lmasa yonboshlasin», dedilar».
Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilishgan. 
Albatta, bu ishlarning g‘azabni so‘ndirishi tajribada ham sobit bo‘lgan. Imom Abu Dovud Abu Voil Ossdan quyidagi rivoyatni keltiradi: «Urva ibn Muhammad Sa’diyning oldiga kirgan edik. Bir odam gapirib, uning g‘azabini qo‘zg‘adi. Shunda u o‘rnidan turib, tahorat qildi. So‘ngra: «Otam menga bobom Atiyya roziyallohu anhudan ushbu rivoyatni aytib bergan edi», deb quyidagilarni aytdi: عَنْ عَطِيَّةَ السَّعْدِيِّ رضي الله عنه قَالَقَالَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلمإِنَّ الْغَضَبَ مِنَ الشَّيْطَانِ، وَإِنَّ الشَّيْطَانَ خُلِقَ مِنَ النَّارِ، وَإِنَّمَا تُطْفَأُ النَّارُ بِالْمَاءِ، فَإِذَا غَضِبَ أَحَدُكُمْ فَلْيَتَوَضَّأْرَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ Atiyya Sa’diy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «G‘azab shaytondandir. Shayton esa olovdan yaratilgandir. Olov suv bilan o‘chiriladi. Kimning g‘azabi kelsa, tahorat qilib olsin», dedilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan. 
Albatta, mazkur va shunga o‘xshash choralar g‘azabni qaytarish uchun qo‘llaniladigan yordamchi choralardir. G‘azabning asosiy chorasi esa Allohga bo‘lgan iymon, qiyomatdan umidvorlikdir. G‘azabi chiqqan odam darhol Alloh taoloni eslashi, U Zot har bir narsani ko‘rib-bilib turganini va hamma narsani hisob-kitob qilishi shubhasizligini yodga olishi zarur. Shuningdek, g‘azabni ishga solib yomonlik qilsa, qanday jazo olishini, g‘azabini yutib ortga qaytsa, qanday savoblar olishini o‘ylashi lozim.G‘AZABNI YuTIShNING FAZLI G‘azabni yutish fazilatli ishlardan hisoblanadi. Bunga har qanday odam ham qodir bo‘la olmaydi. Alloh taolo Qur’oni Karimda g‘azabni yutuvchilarni madh qilib: الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ «Ular engillikda ham, qiyinchilikda ham nafaqa qiladiganlar, achchig‘ini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir», deya marhamat qilgan (Oli Imron surasi, 134-oyat).
G‘azabni yutish eng qiyin ishlardan hisoblanadi. G‘azab insonda turli munosabatlar ila qo‘zg‘alib turadi, uni jilovlab olish har bir kishining ham qo‘lidan kelavermaydi. Lekin taqvodor kishi bu og‘ir ishni eplashi mumkin. Ya’ni qalbida taqvodorlik mavjud bo‘lgan insongina g‘azabdan g‘olib chiqa oladi.(“Ruhiy tarbiya” kitobidan). Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:08 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar