Sholi ekib qo‘shniga zarar etkazish
Assalomu alaykum! Men o‘tgan yili yangi uyga ko‘chib chiqdim devor qo‘shnim xali ko‘chib chiqmagan faqat tomarqasiga o‘tgan yili sholi ekkan edi. Yoz faslida undan chiqqan chivindan qiynaldik. Xamma usullardan foydalandim lekin juda yaqinligi uchun masofa 7 metr atrofida uyga farzandlarimga ancha bilindi. Endi qo‘shni bu yil xam dastlab makka keyin sholi ekmoqchi ekan. Buni joyni shunga moslab tayyorlashidan bildim. Men undan imkoni bo‘lsa sholi ekmasligini iltimos qilsam bo‘ladimi? Unga shunday pandemiya davrida ozor berib gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qaytarishga haqqingiz bor, chunki shariatimizda “Laa dororo valaa diroro” ya’ni “Birovga zarar berish ham yo‘q, birovdan zarar ko‘rish ham yo‘q” degan qoida bor. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 14:29 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar