Ota va o‘g‘il

Assalomu alaykum! Dadamga bir odam o‘zini nomiga bankdan kredit olib bermoqchi. Kreditni dadam qaytaradilar. Kredit olib berayotgan odam men rozi bo‘lsam olib berishini aytyabdi (dadamni ishlari bitmay kreditni o‘z vaqtida qaytara olmasalar men qaytarishim uchun). Men dadamga kreditga olingan pul bilan qilingan ish bitmaydi deb, islomda ribo katta gunohligini aytdim. Men u odamni kredit olib berishiga qarshi bo‘lyapman. Shu masalada dadam bilan tortishib dadamni qattiq xafa qilib qo‘ydim. Dadam va men o‘rtamizda bo‘layotgan bu vaziyat "Holiqning masiyatida maxluqqa itoat yo‘q" degan hadisga to‘g‘ri keladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘g‘ri keladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 14:29 | Savol-javoblar | 169 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar