Payg‘ambarimiz nomlaridan hadya berish

Assalomu alaykum! 1 yil avval ijtimoiy tarmoqlarda bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nomlaridan ramazonda jonliq so‘ydirgandi. Men ham ubu kimga yaxshilik qilmoqchi bo‘lsam Payg‘ambarimiz nomidan Alloh roziligi uchun deb hadyalar (deylik kitob, musxaf, pul yoki boshqa foydasi tegadigan narsa) bersam bo‘ladimi? O‘zimcha yaxshi ish qilaman deb bid’at ahlidan bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz ham qurbonlik vaqtida u zot sollallohu alayhi vasallam nomlaridan qurbonlik qildirishingiz mumkin. Albatta agar o‘zingizga qurbonlik vojib bo‘lsa avvalo o‘zingiz nomingizdan, keyin boshqa hayvonni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nomlaridan qilasiz. Aliy roziyallohu anhu ikkita qo‘y so‘yib birini o‘zining nomlaridan ikkinchisini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nomlaridan qurbonlik qilar edilar. Albatta bu qurbon hayiti kunida bo‘ladi. Boshqacha ish tutmay qo‘yavering. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 14:29 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar