Turkiy hadisning sharxi
Assalomu alaykum! Javoblar ichida qidirib ko‘rdim, men izlagan javoblar yo‘q ekan. Men internetda bir necha hadislar haqida videoni ko‘rib qoldim va pauza qilib sizlarga jo‘natish maqsadida yozib oldim, ularga tushunganimcha yozishga ruxsat bersangiz, agar sahih bo‘lmasa sahih emas deb aytsangiz iltimos. To‘g‘risi, uncha tushunmadim hadislarga, toki noto‘g‘ri talqin qilyabman. Hatolar uchun manzur tutgaysizlar. Payg‘ambarimiz sallolohu alayhi vassalam, o‘lim to‘shagida shunday degan ekanlar: Meni nomimdan hech qanday narsani man qilmanglar, man qiladigan bo‘lsangiz faqat Qur’on man qilganni Qur’on nomi bilan man qiling degan mazmunda. (Abu yusuf, arrod 31,85-bet) (demak paygambarimiz, hadislarida kelgan ma’n qilingan narsalar qilsa bo‘ladi deganimi? Shu saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu hadisning sanadi zaif hisoblanadi. Ma’nosi to‘g‘ri. Siz hadisning ma’nosini yaxshi tushunmabsiz. Bu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Men albatta Qur’on harom qilgan narsani harom qilaman. Allohga qasamki, meni bu kabi narsa bilan ushlay olmaysizlar...”, deganlar. Ya’ni u zot sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan hadislar xususan harom-halol hech qachon Qur’onga zid bo‘lmaydi, agar shunday holat bo‘lsa, bu hadisning to‘g‘riligida shubha bo‘ladi degani. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislari shariatdagi ikkinchi masdar hisoblanadi. Shuning uchun sahih hadisda kelgan man qilingan narsalarni qilib bo‘lmaydi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu masalalarda o‘zlaridan hech gap aytmaydilar. Bu haqda Qur’oni Karimning “Najm” surasida shunday deyiladi:3. (U) havodan nutq qilmas.
Ya’ni sizning adashmagan va yo‘ldan ozmagan sohibingiz Muhammad alayhissalom Allohning nomidan gapirganida havodan olib gapirmaydi. Aksincha, u zot, Alloh menga nozil qildi, deb aytayotgan:4. U (Qur’on) vahiydan o‘zga narsa emas.
Din dushmanlari: «Muhammad o‘zi xayoliga kelgan gapini gapirib, menga xudodan xabar keldi, deb bizni laqillatyapti, o‘zining obro‘ini o‘ylab, hiyla qilayapti, Qur’on degan narsasi xudodan kelgan xabar emas, balki o‘zi to‘qigan gapdir», deganga o‘xshash tuhmat-bo‘htonlar qilishardi. Yuqoridagi oyati karimalar bunday kufroniy qarashlarga raddiya sifatida nozil qilingandir.Demak, Qur’oni Karim Allohdan tushgan vahiydan o‘zga narsa emas. U avvalidan oxirigacha Allohning kalomi, Muhammad alayhissalom ham, Jabroil farishta ham biror harfini o‘zgartirishga haqli emaslar (inchunun, hech kim biror harfini o‘zgartira olmaydi, o‘zgartirgan ham emas).«Havodan olib nutq qilmas» degan gapning ma’nosini qanday tushunmoq kerak? Qur’on to‘g‘risida uning uzil-kesil ma’nosiyu so‘zlari, hatto harflari ham Allohniki ekanligi aytildi. Hadis (Payg‘ambar alayhissalomning so‘zlari) – ma’nosi Allohdan, iborasi Muhammad alayhissalomdan bo‘lgan ko‘rsatma-xabarlardir. Ammo iboralari, baribir Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.Imom Ahmad ibn Hanbal qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu bunday deganlar: «Payg‘ambar alayhissalomdan nimani eshitsam, yodlayman deb, yozib yurardim. Quraysh qabilasidagilar sen Payg‘ambar alayhissalomdan nimani eshitsang, yozib olasan, u zot ham odam, achchiqlari chiqqanda ham gapiradilar, deyishuvdi, yozmay qo‘ydim. Bir kuni bu ishni Rasulullohga aytgan edim, u zot «Yozaver, Allohga qasamki, mendan haq gapdan boshqa gap chiqmaydi», dedilar».Yana Imom Ahmad Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, Payg‘ambarimiz alayhissalom:
«Men haqdan boshqani gapirmayman», deganlarida ba’zi sahobalar:
«Ey Allohning Rasuli, bizga hazil-mutoyiba qilasiz-ku?» debdilar. Ul zot yana:
«Albatta, men haqdan o‘zga gapni aytmayman», degan ekanlar.Ul zoti bobarakotning hazillari ham haq bo‘lardi. Hazil deb, kuldirish maqsadida u zot nohaq iboralarni ishlatmasdilar. Misol uchun, bir kuni qari kampir kelib:
«Ey Allohning Rasuli, shoyadki jannati bo‘lsam», debdi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom:
«Kampirlar jannatga kirmaydi», debdilar. Ayol yig‘lay boshlabdi. Keyin unga, jannatga qari holda kirilmaydi, hamma o‘ttiz uch yoshli bo‘lib kiradi, deb tushuntirilgach, xursand bo‘lgan ekan.Bu hodisaga «Xurmoni changlatish» nomi bilan mashhur hodisani qo‘shsak, to‘liq tasavvur paydo bo‘ladi. Sahih rivoyatlarda kelishicha, bir kuni Payg‘ambar alayhissalom Madinai Munavvaradagi xurmo bog‘laridan birining yonidan o‘tib ketayotsalar, odamlar xurmo daraxtlari ustida nimalardir qilishayotgan emish.«Ular nima qilishyapti?» deb so‘rabdilar.
«Xurmoni changlatishyapti, shundoq qilsa, hosil mo‘l bo‘ladi», deb javob qilishibdi. Payg‘ambar alayhissalom:
«Alloh bersa, shundoq ham mo‘l bo‘laveradi», degan ma’noda so‘z aytibdilar. Bog‘bonlar mazkur so‘z ta’sirida changlatishni tark qilibdilar. Yilning oxiriga kelib hosil mo‘l bo‘lmabdi. Kishilar bu xabarni Payg‘ambar alayhissalomga aytishgan ekan, u zoti bobarakot:
«Men sizlarning diningizda bir gap aytsam, to‘laligicha qabul qilinglar, siz dunyo ishlarida o‘zingiz biluvchiroqsiz», degan ekanlar. Shundan kelib chiqib, ulamolar aytadilarki, diniy hukmlar borasida Payg‘ambar alayhissalom o‘zlaridan gapirmaganlar. Tajriba, inson mahoratiga bog‘liq ishlarda o‘zlaridan gapirganlar. («Tafsiri Hilol» kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 180 | Hadislar