Ikkinchi ayolgan uylansam bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men uylanganman. Alhamdulillah. Lekin yaqinda shunday vaziyat bo‘ldi Tik-tokda bir bola Alloh va uning payg‘ambari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni so‘kib video chiqargan ekan. Unga men tasirlanib jahlim chiqib kamentariya yozganidim shundan keyin bir qiz menga yozdii shu videoda gapirgan insonni topishda menga yordam bering videoda gapirgan bola menga yozayapti deb yozib qoldi telegram raqamimni berdim. Va u menga o‘sha dinimizni yomonlagan bola yozgan sms larini suratga olib jo‘natdi. Men ko‘p joylarga murojat qildim lekin topa olmadim. Savolim men u qizni diniga, Allohga va Paygambarimizga bo‘lgan muhabbatini ko‘rib yoqtirib qoldim, lekin uyidagilar shunchalik tez unashtirib 10 kun ichida turmushga berdiki qizni o‘zi ham sezmay qoldi. Hozirda u qizni erida ko‘ngli yo‘q, eridan talog‘ini so‘ramoqchi. Eri talogini bersa shu qizni ikkinchi hotin qilib nikohimga olsam bo‘ladimiu.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yozishingizdan u qizni to‘yidan keyin ham gaplashib boshini aylantirib yurgan ko‘rinasiz. Allohdan qo‘rqing, quyidagi hadisda sizga o‘xshagan birovni xotinini yo‘ldan uradiganlar haqida ogohlantirish bor: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ خَبَّبَ زَوْجَةَ امْرِئٍ أَوْ مَمْلُوكَهُ، فَلَيْسَ مِنَّا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim birovning xotinini yoki mamlukini yo‘ldan ursa, bizdan emas», dedilar».
Imom Abu Dovud rivoyati. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 14:52 | Savol-javoblar | 186 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar