Universitet imtihoni

Assalomu alaykum! Universitet qishki imtihonida men gepatit A kasalligi bilan og‘rib qoldim va imtihonlarga kelolmay qoldim. Imtihonlarni esa o‘rtoqlarim mening o‘rnimga ham topshirishgan, albatta bundan o‘qituvchilarning xabari bor. Lekin 3tadan ko‘p 3baho olsa stipendiya berilmaydi. O‘zim kelmaganim sababli menda 3 baholar ko‘payib ketti. Oilaviy sharoit uncha yaxshi bo‘lmaganligi sababli tanishimga aytib u baholarni dekanatga to‘g‘irlatdim. Buning evaziga hech qanday pora berilmadi. Og‘zaki bo‘ladigan imtihonni esa o‘zim kelib topshirdim. Mening ishlatgan stipendiyam men uchun halol bo‘lganmi? Agar harom bo‘lsa 4 yoki 5oylik stipendiyani ishlatib yuborganman. Nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Loyiq bo‘lgan o‘quvchiga qaytarasiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 15:25 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar