Dinga xizmat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men din va ummat uchun xizmat qilgim keladi. Xuddi din arbobi bo‘lgan ustozlarga o‘xshab. Lekin ilmim yo‘q, uy ro‘zg‘orga ham o‘zim qarayman, bo‘sh vaqtimni kitob o‘qib diniy ilim olishga sariflayman. Qanday qilib shunday katta xizmat qilishim mumkin? Oilamiz mukammal islomiy oila bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz uchun oilangizni halol yo‘l bilan ta’minlab, birovlarga muhtoj qilmasligingiz, ilm ma’rifatli qilib o‘qitishingizning o‘zi dinga xizmat hisoblanadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:04 | Savol-javoblar | 167 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar