Chorvachilikdan zakot
Assalomu alaykum! Meni chorvachilik fermer xo‘jaligim bor. Shunga yarasha mol qo‘y va boshqa zaruriy texnikalar mashinam bor dehqonchilik ham qilaman. Lekin bir yil davomida malum bir miqdor pulni to‘plab turishni iloji yo‘q. Fermer raxbari bo‘lganimga 4 yil bo‘ldi. Men shu narsalarni xisoblab (texnikalarni) dehqonchilikdan kelgan daromadni hisoblab chiqib zakot berishim kerak bo‘ladimi? Va buni har yili shunday hisoblar berishim kerak bo‘ladimi? Bu borada bilimim yo‘qligi uchun so‘rayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Texnika, asbob-uskuna va molxonalarni qiymatini hisoblamaysiz. Em xashakni qiymatini hamda bo‘rdoqiga boqilayotgan novvoslarni qiymatini hisoblaysiz. Nasl olish yoki sut olish uchun mo‘ljallangan mol-qo‘ylardan esa yilni ko‘proq qismini yaylovlarda o‘tlasa zakot chiqarasiz. Aksincha bo‘lsa ulardan zakot chiqarmaysiz. "Kifoya" kitobida quyidagischa keladi:Qoramol zakoti Qoramolda: o‘ttiztada bir yoshli erkak yoki urg‘ochi buzoq. Qirqtada ikki yoshli erkak yoki urg‘ochi buzoq. Qirqdan ziyoda bo‘lganda to oltmishtagacha hisoblanadi. So‘ngra har o‘ttiztada bir yoshli erkak buzoq. Har qirqtada ikki yoshli urg‘ochi buzoq.Ushbu jumlalardan faqat bittasi sharhga muhtoj. U ham bo‘lsa, «Qirqdan ziyoda bo‘lganda to oltmishtagacha hisoblanadi» jumlasidir.Bunda qirqtadan to oltmishtagacha ziyoda bo‘lgan qoramolning ziyodasidan hisoblab, zakot berilishi haqida so‘z bormoqda.Bitta ziyoda bo‘lsa, ikki yoshli urg‘ochi buzoq qiymatining o‘ndan birining to‘rtdan biri, ya’ni qirqdan biri beriladi.Ikkita ziyoda bo‘lsa, ikki yoshli urg‘ochi buzoq qiymatining o‘ndan birining yarmi, ya’ni yigirmadan biri beriladi va hokazo.Ulamolarimiz bu hukmlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan olganlar. Ana shunday hadislardan ikkitasini misol tariqasida keltiramiz.عَنْ مُعَاذٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ بَعَثَنِي النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ إِلَى الْيَمَنِ، فَأَمَرَنِي أَنْ آخُذَ مِنْ كُلِّ ثَلَاثِينَ بَقَرَةً تَبِيعًا أَوْ تَبِيعَةً، وَمِنْ كُلِّ أَرْبَعِينَ مُسِنَّةً رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ وَالْحَاكِمُ وَصَحَّحَهُMu’oz roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam meni Yamanga yubordilar va har o‘ttizta qoramoldan bitta erkak yoki urg‘ochi bir yoshli buzoq olishimni va har qirqtadan bir dona ikki yoshli urg‘ochi buzoq olishimni amr qildilar».«Sunan» egalari rivoyat qilishgan, Hokim sahih degan.وَعَنْهُ قَالَ أَمَرَنِي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنْ لَا آخُذَ مِنَ الْبَقَرِ شَيْئًا حَتَّى تَبْلُغَ ثَلَاثِينَ، فَإِذَا بَلَغَتْ ثَلَاثِينَ فَفِيهَا عِجْلٌ تَابِعٌ جَذَعٌ أَوْ جَذَعَةٌ حَتَّى تَبْلُغَ أَرْبَعِينَ، فَإِذَا بَلَغَتْ أَرْبَعِينَ فَفِيهَا بَقَرَةٌ مُسِنَّةٌ رَوَاهُ النَّسَائِيُّYana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga qoramol o‘ttiztaga etmaguncha hech narsa olmasligimni amr qildilar. Qachon o‘ttiztaga etsa, undan bir dona onasiga ergashib yurgan bir yoshli erkak yoki urg‘ochi buzoq. Bu to qirqtaga etguncha. Agar unga etsa, ikki yoshli g‘unajin».Nasoiy rivoyat qilgan.Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan qilinayotgan ushbu ikki rivoyatdan ulamolarimiz qoramol zakotiga tegishli ko‘pgina hukmlarni olishgan. «Qoramol» deganda mol va qo‘tos e’tiborga olinishini unutib qo‘ymasligimiz kerak.Demak, qoramol o‘ttiztaga etmaguncha zakot yo‘q, chunki qoramolning nisobi o‘ttizta ekan.Qoramol Zakoti jadvali
Qoramolning soni
Chiqariladigan zakot
1 tadan 29 tagacha
Zakot yo‘q.
30 tadan 39 tagacha
Bir yoshli erkak yoki urg‘ochi buzoq.
40 tadan 59 tagacha
Ikki yoshli urg‘ochi buzoq.
60 tadan 69 tagacha
2 ta erkak yoki urg‘ochi bir yoshli buzoq.
70 tadan 79 tagacha
1 ta ikki yoshli urg‘ochi va 1 ta bir yoshli erkak buzoq.
80 tadan 89 tagacha
2 ta ikki yoshli urg‘ochi buzoq.
90 tadan 99 tagacha
3 ta bir yoshli buzoq.
100 tadan
2 ta bir yoshli, 1 ta ikki yoshli buzoq va hokazo.
Qo‘yning zakoti Qirqta qo‘y yoki echkida bitta. Bir yuz yigirma bittada ikkita. Ikki yuz bittada uchta, to‘rt yuztada to‘rtta. So‘ng har yuztada bitta.Qo‘yning soni qirqtaga etganda nisobga etgan bo‘ladi va undan bir dona qo‘y zakotga chiqariladi. Qo‘ylarning umumiy soni o‘ttiz to‘qqizta bo‘lsa ham zakot farz bo‘lmaydi. Bu holda egasi zakot berish-bermaslikni o‘zi biladi. Berishni xohlasa, beraversin, bermasa, gunohkor bo‘lmaydi.Qirqtadan to bir yuz o‘n to‘qqiztagacha bo‘lgan qo‘ylardan bir dona qo‘y zakotga beriladi.Bir yuz yigirmataga etgandan so‘ng ikkita qo‘y zakotga beriladi. To ikki yuztaga etguncha ikkita qo‘y berilaveradi.Ikki yuztadan oshganidan keyin uchta qo‘y zakotga beriladi.Uch yuztadan oshganidan keyin har yuztasidan bitta qo‘y zakotga chiqariladi. Bunda teskari proportsiya qoidasiga amal qilingan. Ya’ni qo‘y boqishni ko‘paytirish maqsadida, u qancha ko‘p bo‘lsa, undan shuncha oz zakot olish yo‘lga qo‘yilgan.Echki ham qo‘y hisobida bo‘lishini unutmaslik kerak.Faqihlar bu hukmlarga quyidagi hadisni dalil qilganlar:عَنْ أَنَسٍ أَنَّ أَبَا بَكْرٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَتَبَ لَهُ هَذَا الْكِتَابَ لَمَّا وَجَّهَهُ إِلَى الْبَحْرَيْنِ وَفِي صَدَقَةِ الْغَنَمِ فِي سَائِمَتِهَا إِذَا كَانَتْ أَرْبَعِينَ إِلَى عِشْرِينَ وَمِائَةٍ شَاةٌ، فَإِذَا زَادَتْ عَلَى عِشْرِينَ وَمِائَةٍ إِلَى مِائَتَيْنِ شَاتَانِ، فَإِذَا زَادَتْ عَلَى مِائَتَيْنِ إِلَى ثَلَاثِ مِائَةٍ فَفِيهَا ثَلَاثُ شِيَاهٍ، فَإِذَا زَادَتْ عَلَى ثَلَاثِ مِائَةٍ فَفِي كُلِّ مِائَةٍ شَاةٌ، فَإِذَا كَانَتْ سَائِمَةُ الرَّجُلِ نَاقِصَةً مِنْ أَرْبَعِينَ شَاةً وَاحِدَةً فَلَيْسَ فِيهَا صَدَقَةٌ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ رَبُّهَا رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا مُسْلِمًاAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Abu Bakr uni Bahraynga yuborganida ushbu maktubni yozgan edi:«…Qo‘yning sadaqasi esa yaylovda boqiladiganlaridandir. Qirqtaga etgandan bir yuz yigirmatagacha – bitta qo‘y. Bir yuz yigirmatadan oshganda ikki yuztagacha – ikkita qo‘y. Ikki yuztadan oshganda uch yuztagacha – uchta. Uch yuztadan oshganda har yuztada – bitta qo‘y. Agar kishining yaylovda boqiladigan qo‘ylari qirqtadan bitta qo‘yga kam bo‘lsa ham, unda sadaqa yo‘q. Egasi xohlasa, mustasno».Beshovlaridan faqat Muslim rivoyat qilmagan.Qo‘ydan olinadigan Zakot jadvali
Qo‘yning soni
Olinadigan zakot
1 tadan 39 tagacha
Zakot yo‘q
40 tadan 119 tagacha
1 ta qo‘y
120 tadan 200 tagacha
2 ta qo‘y
201 tadan 399 tagacha
3 ta qo‘y
400 tadan 499 tagacha
4 ta qo‘y
500 tadan 599 tagacha
5 ta qo‘y
600 tadan 699 tagacha
6 ta qo‘y va hokazo, har 100 tadan 1 tadan.
Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 06:55 | Savol-javoblar | 142 | Zakot