Pivo haqida
Assalomu alaykum! Yosh qarindoshim pivo ichishni boshlabdi, haromligini tushuntirsam “men har kuni ichmayapman, onda-sonda ichyapman, ustiga ustak, aroq ichmayapmanku, pivo unchalik harom emas” dedi. Iltimos pivoning qanchalik haromligi haqida ma’lumot bersangizlar. Javobingizni o‘ziga o‘qitardim, zora bu yo‘ldan qaytsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar mast qilsa joiz emas. Alloh taolo “Moida” surasida marhamat qiladi : آمَنُواْ إِنَّمَا الْخَمْرُ وَالْمَيْسِرُ وَالأَنصَابُ وَالأَزْلاَمُ رِجْسٌ مِّنْ عَمَلِ الشَّيْطَانِ فَاجْتَنِبُوهُ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ Yana U Oliy Zot: «Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol ochadigan) cho‘plar shayton amalidan bo‘lmish ifloslikdir. Bas, undan chetlaning. Shoyadki, zafar topsangiz», degan («Moida» surasi, 90-oyat). Sharh: Arab tilida «xamr» so‘zi «to‘sish», «berkitish» degan ma’nolarni anglatadi. Tanovul qilgan kishining aqliga ta’sir etadigan, uning aqlini to‘sadigan, berkitadigan, boshqacha aytganda, mast qiladigan har bir narsaga xamr deyiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadislarida: «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir, har bir xamr haromdir», deyilgan. Bundan anglashiladiki, «Aroqdan boshqa narsalarni ichsa bo‘laveradimi? Ichmasa, lekin cheksa bo‘ladimi?» kabi savollar, shuningdek, «Aroqning o‘zi harom emas ekan-u, mast qilishi harom ekan», deganga o‘xshash «sharh»larning hammasi o‘rinsiz va mantiqsiz gaplardir. Saytimizning "Izlash xizmati"dan pivo deb yozib foydalansangiz, juda ko‘p ma’lumotlar topasiz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 12:00 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom